«bosh prokuratura huzuridagi departament» tegli maqolalar


Yil boshidan buyon 4,4 mlrd so‘mlik qalbaki va sifatsiz dori vositalari musodara qilindi
4 avgust 2022, 16:04

Yil boshidan buyon 4,4 mlrd so‘mlik qalbaki va sifatsiz dori vositalari musodara qilindi

7 oy davomida dori vositalarini dorixonalardan tashqarida sotish, shuningdek, qalbaki va sifatsiz dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan bog‘liq 82 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi. Yana 52 ta qonunbuzarlik inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tayyorlash va sotish bilan bog‘liq.

Uchta viloyatda fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
29 may 2022, 18:36

Uchta viloyatda fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Andijon va Toshkent viloyatida fuqarolarni qo‘shni davlatlardagi OTMlarga, Jizzax viloyatida esa fuqaroni mahalliy texnikumga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.

Namanganda bank xodimlari va tadbirkorlar imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilishdi
29 aprel 2022, 17:23

Namanganda bank xodimlari va tadbirkorlar imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilishdi

Chortoq tumanida bank mas’ul xodimlari tadbirkor bilan o‘zaro til biriktirib, quyonchilik va chorvachilik uchun ajratilgan 1,3 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Mingbuloq tumanida esa tadbirkor bankning sobiq mansabdor shaxslari bilan birgalikda fuqarolarga tikuvchilik uchun ajratilgan 143,2 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan.

Samarqand tumanida fermer hokimning soxta qarori bilan 19 ming dollarga yer sotgani aniqlandi
22 aprel 2022, 11:18

Samarqand tumanida fermer hokimning soxta qarori bilan 19 ming dollarga yer sotgani aniqlandi

Samarqand tumanida fermer ikki fuqaroga tuman hokimining 2020 yildagi soxta qarori bilan 19,7 ming dollarga yer maydonini sotgani aniqlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida gumonlanuvchi 500 dollar va 4,5 mln so‘mni ixtiyoriy ravishda qaytargan.

Qirg‘izistondagi OTMlarga kiritib, so‘ng o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21 aprel 2022, 11:40

Qirg‘izistondagi OTMlarga kiritib, so‘ng o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida fuqarolarni Qirg‘izistondagi OTMlarga o‘qishga kiritib, so‘ng o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib berishni va’da qilganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ushlanganlar fuqarolardan jami 5680 dollar va 26 mln so‘m olgan.

Toshkent va Jizzaxda noqonuniy ravishda o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslar ushlandi
6 dekabr 2021, 18:31

Toshkent va Jizzaxda noqonuniy ravishda o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslar ushlandi

Toshkent davlat tenika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga, o‘qishni Qibraydagi Xalqaro moliya va texnologiyalar xususiy institutiga ko‘chirishga va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi ochildi.

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi
23 noyabr 2021, 11:00

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Bektemir tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” va “Zardeks” dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.

Toshkentda 1 gektar yer maydonini $200 mingga olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
27 sentabr 2021, 11:02

Toshkentda 1 gektar yer maydonini $200 mingga olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi

Yunusobod tumanida Toshkent viloyati, O‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi 1 gektar yer maydonini 200 ming AQSh dollari evaziga olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi. Firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi
22 sentabr 2021, 12:29

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi

Poytaxtning Chilonzor va Yakkasaroy tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi «Regapen», «Tropikamid», «Zardeks» dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting